Navbatdagi sayyor qabul Bozorjoy mahallasi aholisi uchun o‘tkazildi.
Bugun, 12-mart kuni tuman hokimi D. Shakarboyev, tuman prokurori Dj. Mirsafayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo‘shrabot tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida "Bozorjoy" MFY hududida joylashgan 74-maktabda navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolari tinglandi.
Qabul davomida murojaatlar xususan, elektr energiya, aliment undirish, tibbiy va moddiy yordam olish, kadastr masalasi, kredit olish va shu kabi 15 masalalar kelib tushdi.
Bildirilgan aholi muammolari yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.