Profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Qo‘shrabot dehqon bozorida tuman soliq inspeksiyasi va tuman IIB xodimlari hamkorligida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyatini qonuniylashtirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, ko‘cha savdolariga barham berish, fuqarolarga xaridlarini amalga oshirishda xavfsiz muhit va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
