⚡️Qo‘shrabotda tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilmoqda.
Qo‘shrabot tuman sport maktabi jamoasi tomonidan ham "Yashil makon" loyihasi doirasida ekilgan daraxt ko‘chatlarini sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘zlariga biriktirilgan hududda ekologik muhitni yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish va atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborni oshirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, ekilgan nihollarning barqaror o‘sishini ta’minlash va ularni samarali sug‘orish maqsadida kaplni (tomchilatib sug‘orish) tizimi joriy etilmoqda.
Ushbu ilg‘or texnologiya orqali suvdan oqilona va tejamkor foydalanilmoqda, bu esa “yashil makon”ni barpo etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur tashabbus nafaqat yashil hududni saqlab qolish va rivojlantirish, balki tabiatga mehr, ekologik madaniyat va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
