Konstitutsiya bayrami arafasida sport maktab uchun yangidan qo‘shimcha bino qurilib foydalanishga topshirildi.
Qo‘shrabot tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda tashabbusli budjet loyihasida g'olib deb topilgan tuman sport maktabiga 1 mlrd 360 mln so'm evaziga qo'shimcha 12x24 metr sportning yakka kurashga moslashtirilgan sport zali qurilib, Konstitutsiya bayrami arafasida foydalanishga topshirildi.
Bu ishlarning hammasi mahallada sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sportning ommaviyligini ta’minlash, aholi o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar sonini oshirishga qaratilgan.