Press_tur
Sport_maktab
Bugun tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Xolbek Kubayev hamda OAV xodimlari ishtirokida Qo'shrab tumanida bolalar va o'qituvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishi foydalanish uchun qulay shart- yaratib berish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida press-tur bo'lib o'tdi.
Press tur ishtirokchilariga sport maktabda shartlar haqida ma'lumotlar berildi. Bugungi kunda 18 ta sport turi bo'yicha to'garaklar mavjud bo'lib 1127 nafar yoshlar sport to'garaklariga olingan. Sport maktabda 150 turga yaqin sport jihozlari mavjud. Sport maktab 2023-yil tashabbusli loyiha loyihasida ishtirok etib g'oliblikni qo'lga kiritdi va 1 mlrd 139 million so'm mablag' evaziga qayta ta'mirlandi, futbol zamonaviy sun'iy darajadagi mini maydonchasi ham barpo etildi.