Korrupsiya - jamiyat taraqqiyoti kushandasi
Ayni vaqtda Qo‘shrabot tuman hokimligi binosida Viloyat Soliq boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan tuman soliq inspeksiyasining barcha xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda.
Unda xodimlarga o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, kerakligi tushuntirilib, poraxo‘rlik va ta’magirlikning salbiy oqibatlari hamda muqarrar jazo choralari to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.
Shuningdek, korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, uning oqibati, sabab va omillarini bartaraf etish, korrupsion jinoyatlarni sodir etganlik uchun muqarrar jazo choralari to‘g‘risida so‘z yuritilib, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirilmoqda.