Giyohvandlikka qarshi kurashish zamon talabidir!
Mudofaa vazirligiga qarashli Qo‘shrabot tumanida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilariga Qo‘shilma komandiri o‘rinbosari tomonidan "Giyohvandlik-salomatlik kushandasi" mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Harbiy xizmatchilarga giyohvandlikning salomatlikka ta'siri haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan tadbirda giyohvand moddalar, ularning inson organizmiga, ruhiy holatga va jamiyatga zararli ta'siri haqida ma'lumot berildi.
Bu kabi tadbirlar, harbiy xizmatchilarni giyohvand moddalar iste'moli va unga qarshi kurashishning zaruriyati haqida ogohlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Ochiq muloqot tarzida o'tkazilgan tadbirda harbiy xizmatchilar giyohvandlikning psixologik va jismoniy ta'siri haqida bilib, o‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bu esa o‘z-o‘zini nazorat qilish, stressni boshqarish va salomatlikni saqlashga qaratilgan amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.