Qadriyatlaring boqiy bo'lsin-Navro'z
Kattaoqmachit va Qo'shtamg'ali mahallalarini bog'lovchi yangi ko‘prik qurilib foydalanishga topshirildi
Ko‘p yillardan buyon Kattaoqmachit va Qo'shtamg'ali mahallalari aholisini qiynab kelayotgan ko‘prik muammosi bartaraf etildi. Tumanimizning Jo'sh hududida joylashgan ushbu mahallalar hududida yangi ko‘prik qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ushbu ko‘prikning loyiha qiymati 1 mlrd. 200 mln. so‘m bo‘lib, 2 tasmali piyodalar va avtomobillar uchun, uzunligi 21 metr, eni 7 metr qilib barpo etilgan.
Yangidan barpo etilgan ko‘prikning ochilish marosimiga bag'ishlangan tadbirda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, minglab aholining uzog‘ini yaqin qilayotgan ushbu ko‘prik bilan mahalla aholisini tabrikladi.
Bu kabi bunyodkorlik ishlari tumanimizning boshqa hududlarida ham izchil davom ettirilmoqda.