Qo‘shrabotda tez tibbiy yordam stansiyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Yangidan barpo etilgan zamonaviy tez tibbiy yordam stansiyasining ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimi Dilshod Shakarboyev, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.G‘ofurov Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i S.Zayniyev, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan e’tibor va 103 xodimlarining aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishdagi o‘rni xususida gapirib o‘tildi.
60 ta brigada tomonidan Qo‘shrabot tumanining 65 ming nafar aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mazkur markazning yangi binosi joriy yil
1 mlrd 360 million so‘m miqdoridagi tashabbusli budjet mablag‘i evaziga qurib bitqazildi.