O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori o‘rinbosari sayyor qabul o‘tkazdi
Qo‘shrabot tumani Shavona MFY “Shovana” madaniyat uyi binosida O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori o‘rinbosari, adliya polkovnigi M.Niyozov sayyor qabuli o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar va tumanimiz yoshlarining talab, taklif va murojaatlari tinglandi. Fuqarolardan kelgan murojaatlarning 80% joyida hal etilib qolganlari tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirilib nazoratga olindi.