“O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik ikki davlatning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu boisdan O‘zbekiston muntazam ravishda Germaniyada tashkil etiladigan jahondagi eng yirik “Ay-Ti-Bi-Berlin” turistik yarmarkasida ishtirok etib, Germaniyaning yetakchi OAV vakillari va turoperatorlari uchun mamlakatimizga press-tur va sayohatlar uyushtirmoqda. Shuningdek, Germaniyada “O‘zbekiston turizm va madaniyati kunlari” o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi”, deb aytib o‘tdi madaniyat va turizm vaziri O.Nazarbekov