Tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 82-umumta’lim maktabida noyabr oyi - rus rili va ingliz tili fani oyligi doirasida ingliz tili fan oqituvchilari Lutfiya Abduvohidova hamda Gulnora Burxonovaning “WHAT TIME IS IT?” mavzusida 5-A sinfida ochiq darsi yangi innovasion usullarni qo’llagan holda tashkil etildi.
Umuman ochiq dars davomida o’quvchilardan Gavharoy Abduvohidova, Og’abek Abdullayev, Moxichehra Zarpillayeva, Nigina Kobayeva, Muzaffar Safarovlar ingliz tilida matn tuzish, kim ko’p ingliz tilida sh’er bilishi kabi mavzularda o’zlarining chaqqonligi va bilimdonliklarini namoyish etishdi.
-Maktabimizda o’quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, ingliz tili faniga qiziqtirish maqsadida turli xil tadbirlar tashkil etib kelaman,-deydi Lutfiya Abduvohidova. - Bugun oddiy dars bilan o’quvchini fanga qiziqtirib bo’lmaydi. Maqsadim o’quvchilarning ingliz tili faniga bo’lgan bilimini oshirish va ularga ushbu fanning sir-asrorlarini o’rgatishdir. Bu borada ota-onalar ham o’zlarining ko’maklarini bermoqda.
- Maktabimizda har bir fan o’qituvchisining ochiq darslarini kuzataman,-deydi maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Sherzod Mahmudov. - Ingliz tili fani bo’yicha o’quvchilarimizning qiziqishi yuqori. Bu esa o’qituvchilarga yanada mas’uliyat yuklaydi. Shuningdek, boshqa fanlar bo’yicha ham ochiq darslar tashkil etilmoqda.
Tadbirda faol o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.
O’z muhbirimiz.