⚡️ Bugun oʻzbek milliy romanchiligining asoschisi, publitist, hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun.
✅1894-yil 10-aprelda Toshkent shahrining Eskijoʻva mahallasida tavallud topgan. Adibning otasi Qodirbobo (1820-1924y) xon, beklar qoʻlida sarbozlik qilgan, rus bosqini paytida Toshkent mudofaasida qatnashgan.
✅1904-1906 yillarda boʻlajak adib musulmon maktabida taʼlim oladi.
✅1908-1912 yillarda rus tuzem maktabida, 1916-1917 yilda Abulqosim shayx madrarasida arab va fors tillaridan saboq oladi,
✅1924-1925 yillarda V.YA Bryusov nomidagi Moskva adabiy kurslarida oʻqiydi.
✅1918 yil- eski shahar oziqa qoʻmitasining sarkotibi, 1919 yil - “Oziq ishlari” gazetasi bosh muharriri, 1920 yil- Kasabalar shoʻrosining sarkotibi, 1923-1926 yillarda “Mushtum” jurnali tashkilotchilaridan biri va tahrir hayʼati aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.